УКРЕПЛЕНИЕ В СЕМЬЕ ЛИЧНЫХ И ИМУЩЕСТВЕННЫХ ПРАВ ОБЯЗАННОСТЕЙ СУПРУГОВ НА ОСНОВЕ ПРИНЦИПА РАВЕНСТВА
##semicolon##
понятие равноправия супругов##common.commaListSeparator## права и обязанности родителей##common.commaListSeparator## личные имущественные права несовершеннолетних##common.commaListSeparator## право ребенка жить и воспитываться в семье##common.commaListSeparator## право ребенка видеться со своими родителями и другими родственниками##common.commaListSeparator## право ребенка на защиту##common.commaListSeparator## право ребенка на выражение своего мнения##common.commaListSeparator## право ребенка на имя##common.commaListSeparator## отчество и фамилию##common.commaListSeparator## изменить имя и фамилию ребенка##article.abstract##
Jamiyatimizda ayol bilan erkakning oilaviy mu-nosabatlarda teng huquqliligi belgilangan. Bu tamoyil to‘la amalga oshiriladi va moddiy ta’minlangan. Er-xotin mulkiy huquqqa tegishli bo‘lmagan shaxsiy huquqlariga oid barcha masalalarni birgalikda hal qiladilar. Ular oilada shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarda ten-gdirlar.
2019 yil 2 sentyabrda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya va huquqiy kafolat sifatida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgan asosiy xujjatlardan biri hisoblanadi.
Shunday bo‘lsada, erkak va ayollarning oilaviy munosbatlardagi hali ham oilaviy nizolarning katta qismi ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari, shu jumladan, oilaviy munosabatlarda ayollarning huquq hamda imkoniyatlariga yetarlicha ahamiyat berilmaslik holatlari ham mavjud.
Yunon olimi Antifont erkak va ayollar tengligi g‘oyasini o‘z asarlarida qo‘yidagi fikrni keltirib o‘tadi: “Tabiat barchani: ayollarni ham, erkaklarni ham teng qilib yaratdi, lekin odamlar insonlarni tengsiz holatga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishadi”. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida tenglik hukm surgan davlatni fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan. Hozirgi zamon jamiyatida avval boshidanoq gender notengligiga asoslar yaratilgan:
– qizlar bolaligidanoq asrlar davomida qaror topgan ayollik vazifalarini bajarishga tayyorlangan, shu jumladan ularni sustkashlik, yuvoshlik va itoatkorlik ruhida tarbiyalangan;
– erkaklar hamda ayollarning oila va ijtimoiy hayotdagi tengligiga nisbatan eskicha qarash shakllanib kelgan;
– xotin-qizlar ijtimoiy hayotga oila va maishiy turmush sohasidan chiqarilmagan;
– erkaklar oila budjetini shakllantirishda ishtiroklari hissasi yuqori bo‘lganligi tufayli oilada hukumron mavqeni egallagan;
– uy-ro‘zg‘ordagi vazifalar taqsimlanishida notenglikka yo‘l qo‘yilgan;
Shu sababli ham, oilada shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solish masalasi dolazarb bo‘lib kelmoqda. Ushbu masalani tag zamirida er va xotinning oiladagi teng huquqligi prinsipi qay darajada tartibga solinganligi ahamiyatli hisoblanadi.
Tadqiqot materiallari va usullari: oilada er-xotining shaxsiy va mulkiy huquq majuburiyatlarini tenglik prinsipi ilmiy, nazariy va amaliy tahlil qilishda qiyosiy tahlil usullari, nazariy modellashtirish, induksiya va umumlashtirish qo'llaniladi.
Tadqiqot natijalari: Maqolada amaldagi qonunchilikda oilada er-xotining shaxsiy va mulkiy huquq majuburiyatlarini tenglik prinsipi bilan bog‘liq ilmiy-amaliy muammolar har tomonlama tahlil qilingan. Ularni hal etish yo‘nalishlarini belgilash fuqarolik va oila qonunchiligining tegishli bo‘limini takomillashtirishga qaratilgan muhim nazariy va amaliy ilmiy ish hisoblanadi.
Xulosa: oilada er-xotining shaxsiy va mulkiy huquq majuburiyatlarini tenglik prinsipi asosida amalga oshirishi shuningdek, Oila kodeksiga va tegishli qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi. ushbu masala bo'yicha qonun hujjatlari.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
##submission.citations##
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son) http://www.oef.org.ee/_repository/File/Lhisuhtevgivald%20venekeelne%202007.pdf
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi 757-XII-sonli qarori [Elektron resurs]: http://www.lex.uz.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi «Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6275-sonli Farmoni. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024 y., 06/24/28/0099-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-son qarori (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024 y., 09/24/272/0337-son)
5. Егоров Н.Д. Гражданско-правовое регулирование общественных отношений - Л. 1986. С.48.
7. http://www.oef.org.ee/_repository/File/Lhisuhtevgivald%20venekeelne%202007.pdf
9. https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/nikoh_va_oila_qonun_hujjatlari_samaralimi
10. Додонов В.Н., Румянцев О.Г.Энциклопедический юридический словарь. М. 2008. – С. 69
11. КоролевЮ.А. Комментарий к Семейному кодексу Российской Федерации. - М.2010.– С. 56
12. Логунов Д.А. Взыскание алиментов // Юридический мир. 2014. No 2.– С. 18
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari.
14. Mukhammad Ali Turdialiev
15. PhD in Law, Department of Private International Law
16. Tashkent State University of Law, Tashkent, Uzbekistan