RAQAMLI IDENTIFIKATSIYALARNING KIBERMAKONDA VIZUAL OB’EKT SIFATIDA TUTGAN O‘RNI
Keywords:
Kibermakon, virtual dunyo, raqamli huquq, fuqarolik huquqi, identifikatsiyaAbstract
Ushbu tadqiqot raqamli identifikatsiyalarning zamonaviy kibermakonda vizual ob’ekt sifatida tutgan o‘rnini chuqur tahlil qiladi. Bugungi kunda raqamli identifikatsiyalarning ahamiyati tobora ortib bormoqda, ular nafaqat texnik vosita, balki vizual kommunikatsiya tizimining muxim elementiga aylanib bormoqda. Tadqiqotda raqamli identifikatsiyalarning turlari, ularning vizual namoyon bo‘lish xususiyatlari va axborot xavfsizligidagi ahamiyati atroflicha o‘rganilgan. Muallif bu sohadagi zamonaviy tendentsiyalarni tahlil qilib, QR-kodlar, blokcheyn texnologiyasidagi vizual identifikatorlar, biometrik ma’lumotlarning vizuallashtirilishi kabi yo‘nalishlarni ko‘rib chiqqan. Ishda raqamli identifikatsiyalar faqatgina funktsional ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, ayni paytda kibermakonda vizual kommunikatsiya vositasi sifatida ham muhim rol o‘ynayotgani isbotlangan. Ular foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani osonlashtirish bilan birga, axborot himoyasi va tizim xavfsizligini ta’minlashda ham asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli identifikatsiyalarning vizual ko‘rinishi kibermakonning estetik va funktsional jihatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Muallif tomonidan raqamli identifikatsiyalarning vizual dizayniga oid zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinib, autentifikatsiya jarayonlarini soddalashtirish, foydalanuvchi interfeyslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Downloads
References
1. Крысин Л.П. Толковый словарь иноязычных слов. М.: Русский язык. 1998. – 848 с.
2. Пучков О. А. Идентификация субъектов в цифровом пространстве: несколько правовых проблем // Правопорядок: история, теория, практика. 2019. № 1 (20). С. 6—9.
3. Основные тренды развития цифровой экономики в финансовой сфере. Правовые ас- пекты регулирования и практического применения / под ред. А. Г. Аксакова ; Государ- ственная Дума РФ. М., 2019. 161 с.
4. Егорова М.А Проблема цифровой идентификации личности в Российской Федерации и Европейском Союзе. «Вестник Университета имени О.Е.Кутафина (мгюа» ст-19