VIRTUAL MAKONDA RAQAMLI IDENTIFIKATSIYA TIZIMLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING AHAMIYATI

Authors

  • Akbar Uroqovich Norqulov Author

Keywords:

Virtual makon, internet, raqamli huquq, raqamli identifikatsiya

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada raqamli identifikatsiya tizimlari, ularning mohiyati va Virtual makondagi o‘rni atroflicha yoritib berilgan. Raqamli identifikatsiya tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanish tarixi va bugungi kundagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Virtual makon deb atalmish virtual olamda raqamli identifikatsiya tizimlarining funktsional va huquqiy xususiyatlari, ularning tushunchasi, mazmun mohiyati va amaliy ahamiyati tizimli ravishda o‘rganilgan.

Maqolada raqamli identifikatsiya tizimlarining turlari, ishlash printsiplari va xavfsizlik mexanizmlari chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, raqamli identifikatsiya vositalarining Virtual makon bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlari, bu borada ilg‘or ilmiy yondashuvlar, tadqiqotchilarning fikr va mulohazalari tizimli o‘rganib chiqilgan. Raqamli identifikatsiya tizimlarini himoya qilish mexanizmlari, ularni tartibga solishdagi milliy va xalqaro huquqiy normalar hamda ularning amaliy ahamiyati batafsil ko‘rib chiqilgan.

Alohida e’tibor raqamli identifikatsiya tizimlarining intellektual faoliyat natijasi sifatidagi huquqiy maqomiga qaratilgan. Mazkur tizimlarning intellektual mulk ob’ekti sifatidagi xususiyatlari turli ilmiy manbalar va yetakchi olimlarning nazariy qarashlari asosida kompleks o‘rganib chiqilgan. Virtual makonda raqamli identifikatsiya tizimlarini intellektual mulk ob’ekti sifatida bevosita tartibga solishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish hamda bu borada raqamli huquqning zamonaviy talablarga moslashtirish zarurligi to‘g‘risida ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Michalkiewicz-Kadziela, E., & Milczarek, E. (2021). Legal boundaries of digital identity crea-tion. Internet Policy Review, 11(1), 1-13.

2. Brousseau, E. (2004). Property rights in the digital space. Enrico Colombatto, 438-472.

3. Krausová, A. (2008). Identification in Cyber-space. Masaryk University journal of law and technology, 2(1), 83-95.

4. Карцхия, А. А. (2019). Цифровая транс-формация права. Мониторинг правопримене-ния, (1 (30)), 25-29.

5. Лутова, Д. В. (2022). Виртуальная личность: доктринальные и практические проблемы идентификации субъектов. Уральский журнал правовых исследований, (2 (19)), 68-73.

6. Саликов, М. С., Несмеянова, С. Э., Моча-лов, А. Н., Колобаева, Н. Е., & Иванова, К. А. (2019). Права человека в сети Интернет.

7. Талапина, Э. В. (2018). Право и цифрови-зация: новые вызовы и перспективы. Журнал российского права, (2 (254)), 5-17.

8. Пучков, О. А. (2019). Идентификация субъ-ектов в цифровом пространстве: несколько правовых проблем. Правопорядок: история, теория, практика, (1 (20)), 6-9.

9. Sullivan, C. (2018). Digital identity–From emergent legal concept to new reality. Computer Law & Security Review, 34(4), 723-731.

Downloads

Published

2025-05-03

Issue

Section

12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.